Tanlov bosqichlari
1-bosqich
Arizalarni topshirish
(1-maydan 15-iyulga qadar bo'lib o'tdi)
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi tizimidagi barcha ilmiy tadqiqot institutlari va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tassarrufidagi ta’lim muassasalari tanlovning birinchi bosqichini tashkil etadi. Tashkilot Kengashlari tomonidan har bir nominatsiya (tashkilotida mavjud bo'lgan yo'nalishlar bo'yicha) boʻyicha 1 nafardan gʻolib aniqlanadi va gʻolib boʻlgan nomzodlarning kerakli hujjatlari https://evrika-academy.uz saytiga joylashtiriladi.
2-bosqich
Saralash
Yakunlandi! Finalistlar ro'yxati
Tanlov tashkiliy qoʻmitasi tomonidan yurtimiz OTM va ITI tomonidan tavsiya etilgan barcha nomzodlarning hujjatlari oʻrganib chiqiladi va har bitta nominatsiya boʻyicha eng yuqori ball toʻplagan 10 tadan nomzod keyingi bosqichga tavsiya etiladi. 1-sentabr sanasiga qadar barcha nominatsiyalar boʻyicha 10 nafar finalistlar https://evrika-academy.uz sayti orqali e’lon qilinadi.
3-bosqich
Final
(1-sentabrdan 1-oktabrga qadar)
Tanlovning 3-bosqichi ya’ni final bosqichida 2-bosqichdan oʻtgan nomzodlar Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi binosida oʻz loyihalari doirasida taqdimot qiladilar. Tashkiliy qoʻmita tomonidan yurtimizning eng taniqli olimlari va soha mutaxasislaridan iborat tarzda tuzilgan hakamlar hay’ati tomonidan taqdimotlar 100 ballik tizimda baholanadi. Taqdimot natijalariga koʻra har bir nominatsiya boʻyicha I, II, III oʻrin gʻoliblari aniqlanadi.
Yo'nalishlar
1. Raqamlar dunyoni boshqaradi
Fizika, matematika, astronomiya sohalari
2. Tabiat va inson
Kimyo, biologiya, tibbiyot, geografiya va boshqalar
3. Texnika va IT texnologiyalar
Sun’iy intellekt, robototexnika, muhandislik
4. Jamiyat, tarix, madaniyat
Tarix, iqtisod, huquq, filologiya, san’at
5. Faol yosh olima ayollar uchun
18-40 yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlar uchun barcha yo‘nalishlar
Tanlov tashkilotchilari
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Ilm-fan targ‘ibot markazi
MUKOFOT FONDI
Har bir yo‘nalishdan 3 nafardan eng munosib ishtirokchi g‘olib deb topiladi. Ularga yutuqlari e’tirofi sifatida pul mukofoti, esdalik statuetkasi va faxriy sertifikat taqdim etiladi.
1-o‘rin
BHM ning 30 baravari
Pul mukofoti, statuetka, sertifikat
2-o‘rin
BHM ning 20 baravari
Pul mukofoti, statuetka, sertifikat
3-o‘rin
BHM ning 10 baravari
Pul mukofoti, statuetka, sertifikat
📄 Tanlov nizomi
📎 Yuklab olish uchun hujjatlar
Evrika mukofoti finalistlari
5 ta yo‘nalish bo‘yicha final bosqichiga o'tgan ishtirokchilar